Fyodor Emelyanenko nega faoliyatini yakunlamayapti?

CHERY AUTO

40 yoshli rossiyalik og‘ir vaznli Denis Lebedev (32-2, 23 KO) bokschining karerasini tugatish haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Go‘yoki sportdan ketganga o‘xshayman, lekin men Povetkinning janglarini ko‘raman. Ikkimiz ham Chexovda yashaymiz, stadionda yugurish paytida uchrashamiz.

Men sport majmuasini o‘z uyimdek tasavvur qilaman va u erda u mashg‘ulot olib boraman. Bularning barchasi meni bir fikrga olib keladi:

" Hamma narsani tashlab, chiqib ketish mumkin emas. Men hamma faoliyatini tugatishni maslaxat berayotgan o‘sha Emelyanenkoni tushunaman. Yoki Roy Jonsni. Sport sizning tomiringizda oqsa, uni tark etish qiyin. "Bu deyarli imkonsiz", -dedi Lebedev.

Eslatib o‘tamiz: Denis 21 dekabr kuni Krasnoyarskda bo‘sh qolgan WBC silver kamari uchun birinchi og‘ir vazn toifasida Tabiso Mchuniga qarshi jang qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!