Here we go! Dro — PSJ futbolchisi!

  • 25.01.2026 18:41
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Frantsiyaning "Parij Sen-Jermen" klubi "Barselona" a’zosi Dro Fernandesning transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida taniqli jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi yaqin vaqt ichida Parijga yetib kelishi kutilmoqda. Avvalroq, futbolchi Kataloniya klubini tark etishga qaror qilgani va uning tovon puli 6 million yevro etib belgilangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Qayd etilishicha, PSJ va "Barselona" o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda o‘tib, tomonlar 6 million yevroga yaqin (birovoz yuqori) summada shartnoma imzolash bo‘yicha kelishib olgan.

Shuningdek, Dro "ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xansi Flikka jamoani tark etish istagi borligini avvaldan ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, 18 yoshli futbolchi joriy mavsum La Liga doirasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!