Kamilla Rahimova WTA 125 chempioniga aylandi
O‘zbekiston terma jamoasi vakili Kamilla Rahimova Frantsiyaning Anje shahrida yakunlangan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida chempionlikni qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi final uchrashuvida Kamilla germaniyalik Tatyana Korpachni 6–3, 7–6(4) hisobida mag‘lub etdi.
Kamillaning chempionlik sari yo‘lida turnirning ikkinchi raqamli tennischisi — xorvatiyalik Ana Rujich ustidan qozongan 4–6, 6–3, 7–5 hisobidagi irodali yarim final g‘alabasi haftaning eng yorqin lahzalaridan biri bo‘ldi.
Anjedagi g‘alaba Rahimovaning WTA 125 darajasidagi joriy mavsumdagi ilk chempionligi bo‘lib, uning O‘zbekiston bayrog‘i ostida o‘tkazgan muvaffaqiyatli startining muhim bosqichiga aylandi.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi Kamilla Rahimovani yorqin g‘alaba bilan tabriklaydi va kelgusi turnirlarda omad tilab qoladi
Bu haqda O‘zbekiston tennis federatsiyasi xabar berdi.
Fikrlar