
Karolina Plishkova chorak final yo‘llanmasi uchun raqobatlashadi
Chexiyalik tennischisi Karolina Plishkova Xitoyning Uxan shahrida o‘tayotgan turnirning ikkinchi davrasidan muvaffaqiyatli o‘tdi.
Unda Karolina amerikalik Amanda Anisimovaga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda har ikkala setda bir xil 6:3 hisobida zafar quchdi.
Endi Plishkova “Wuhan Open”ning uchinchi davrasida ukrainalik Dayana Yastremskaya bilan chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.
Fikrlar