Matich: “Yangi avlod juda ko‘p PlayStation o‘ynaydi”
"Sassuolo" yarimhimoyachisi Nemanya Matich zamonaviy yosh futbolchilarning intizomi haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, yangi avlod juda ko‘p PlayStation o‘ynaydi. Futboldan tashqari atrofda juda ko‘p chalg‘ituvchi omillar bor — ijtimoiy tarmoqlar, muxlislar bilan muloqot, reklama va boshqalar. Bu esa futboldan e’tiborni chalg‘itadi.
Bolaligimda mening futboldan boshqa hech narsam yo‘q edi. Faqat futbol va boshqa sport turlari bilan shug‘ullanar, kun bo‘yi maydonda bo‘lardim.
Hozirgi yoshlarda esa juda ko‘p chalg‘ituvchi omillar bor. Shuning uchun faqat sportga e’tibor qaratish juda qiyin. Ular kuniga ikki soat mashq qilishadi va shu bilan cheklanishadi, men esa butun kunni mashg‘ulot bilan o‘tkazardim", — dedi Matich Sky Sport telekanaliga bergan intervyusida.
Fikrlar