Maykl Peyj: "Dogʻistonliklar zerikarli jang koʻrsatib ham, UFC da qolmoqda"

  • 16.09.2026 01:48
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Britaniyalik MMA ustasi Maykl Peyj UFC rosteridan nega chiqarilganiga tushunmayapti.

"Agar gap shunchaki uslubda bo'lsa, ba'zi dog'istonlik kurashchilarni ham eslash mumkin. Ular  zerikarli jang ko'rsatib ham, UFC da qolmoqda", - dedi Peyj Ariel' Helvaniga bergan intervyusida.

Britaniya vakilini promoushendan bo'shatilganini ijtimoiy tarmoqlardan bilgani yanada ko'proq g'azablantirdi.

"Men buni boshqalar bilan bir vaqtda bildim. Agar chiqishlarim sizni qoniqtirmasa, men bilan gaplashing. To'g'ri, UFC bilan munosabatlarimiz qaysi bosqichda ekanini aniq tushunaman. Biroq baribir muzokaralar stoliga o'tiramiz deb o'ylagandim", – deya qo'shimcha qildi "Venom".

Eslatib o'tamiz, Maykl Peyj UFC dagi oxirgi jangida hamyurtimiz Nursulton Ro'ziboyevni hakamlarning qaroriga ko'ra mag'lub etgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!