Messi IFFHS talqini bo‘yicha 2025 yilning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilishi mumkin

  • 03.11.2025 12:59
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Xalqaro futbol tarixi va statistika federatsiyasi (IFFHS) o‘zining rasmiy saytida 2025 yil yakuni bo‘yicha dunyoning eng yaxshi pleymeykeri unvoniga da’vogar futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. E’tiborlisi, 38 yoshli Messi ham ushbu mukofotni qo‘lga kiritishi mumkin.

Qisqa ro‘yxatdan quyidagi nomzodlar joy oldi: Arda Gyuler, Brunu Fernandesh, Koul Palmer, Florian Virtts, Jud Bellingem, Kevin De Bryuyne, Lamin Yamal, Martin Edegor, Pedri, Vitinya, Lionel Messi, Xames Rodriges, Reo Xatate, Muhammad Kudus va Malik Tillman.

Ta’kidlanishicha, tanlov natijalari futbol mavsumi emas, taqvim yilidagi ko‘rsatkichlar asosida aniqlanadi. Yakuniy ovoz berish natijalari 10-dekabrdan keyin e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, Messi ayni paytda MLSning “Inter Mayami” jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!