Muhammad Mokaev UFC ni jangchilarga bosim o‘tkazishda aybladi
UFC sobiq jangchisi promoushen siyosatini tanqid qildi
UFC sobiq jangchisi Muhammad Mokaev promoushen siyosatini tanqid qildi. Uning fikricha, rahbariyatning jang uslubiga aralashishi sportchilarga bosim o‘tkazish bilan teng.
"Rahbarlar jangchilarga qo‘ng‘iroq qilib: “Shu tarzda kurashishda davom etsang, seni ligadan bo‘shatamiz”, deyishyapti.
Shu ham adolatdanmi?! Bu chegaradan o‘tish emasmi?! Axir bu jangga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilish-ku!
Agar jangchini shartnomadan ozod qilmoqchi bo‘lsangiz — mayli. Lekin keyin omma oldida u bilan “ishlash qiyin”, degan gaplarni aytmang yoki uning atrofida salbiy imij yaratmang. Bu uning obro‘siga putur yetkazishi va boshqa ligalarni ham u bilan shartnoma tuzishdan ikkilantirishi mumkin.
Agar xohlasangiz, jangchilarni qo‘yib yuboring. Faqat ketishidan oldin ularning faoliyatiga zarar yetkazishga urinmang" — dedi Mokaev.

Izohlar (0)