
"Navbahor" va "Nasaf" muxlislari uchun xushxabar
O‘zbekiston CocaCola Kubogining chorak finalida Namanganning "Navbahor"i o‘z maydonida Qarshining "Nasaf" klubini qabul qiladi. Qayd etilishicha, ushbu o‘yin chiptalari sotuvga chiqarilmaydi va stadionga kirish bepul bo‘ladi.
"Navbahor" PFK rahbariyati jamoaning ashaddiy va fidoyi muxlislariga hurmat saqlagan holda, "Navbahor" - "Nasaf" o‘yinini bepul etib belgiladi. Mazkur uchrashuvga chiptalar chiqarilmaydi hamda jamoamizni bevosita stadionda qo‘llab - quvvatlab, g‘alabasiga madadkor bo‘lishni xohlagan muxlislar 12 dekabr kuni "Markaziy" o‘yingohga erkin holda tashrif buyurishlari mumkin", - deyilgan klub bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston kubogining chorak finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Nasaf" bahsi 12 dekabr kuni Namangandagi "Markaziy" o‘yingohda soat 16:00 da boshlanadi.
Fikrlar