Niyoz Po‘latov: Butunjahon armiya o‘yinlari yuqori saviyada o‘tdi
Xabaringiz bor, Xitoyning Uxan shahrida VII Butunjahon armiya o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada qatnashib bronza medalini qo‘lga kiritgan Niyoz Po‘latov intervyu berdi.
"Musobaqalar yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Sababi unda boshqa xalqaro musobaqalarda yaxshi natija qayd etayotgan asosiy raqiblarimiz ishtirok etishdi. Ular bilan jang qilib tajriba oldik, o‘z xatolarimizni ko‘rib oldik. Endi bu xatolarni keyingi muhim musobaqalarda takrorlamaslikka intilamiz.
O‘zbekiston taekvondo terma jamoasi Butunjahon armiya o‘yinlarida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. O‘ylashimcha bu ajoyib natija. Sababi unda dunyoning deyarli barcha mamlakatlaridan kelgan sportchilar ishtirok etishdi. Uni armiyachilar kichik olimpiadasi deb atasak ham bo‘ladi.
To‘g‘ri musobaqada bronza medalini qo‘lga kiritdim, ammo o‘z ishtirokimdan u qadar mamnun emasman. Xatolarim bor va ular ustida ishlashim lozimligini ko‘rib oldim," - dedi Niyoz Po‘latov.



Fikrlar