«Real» futbolchisidan piyonistagacha! Tilla bolaning omadsiz sarguzashtlari

  • 27 fevral, 2021, 21:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning «Real» klubi «Feyenoord» a’zosi Royston Drentening transferi uchun 14 million evro sarfladi. Bu summa hozir kichikdek ko‘rinishi mumkin, biroq Madrid klubi Iguain uchun 12, Marselo uchun 6,5 million sarflagan xolos. Bundan ko‘rinib turibdiki, klubning yosh futbolchidan umidi katta edi.

rkelrщlkerщlkler

Drente Madridga ko‘chib o‘tgach, o‘zi uchun juda qulay shartnoma tuzib oldi. 65 ta o‘yin o‘tkazdi. 4 ta gol va 5 ta assistni amalga oshirdi. Guti, Van Nistelroy, Raul singari afsonalar bilan birga to‘p surdi. Shartnoma yakunlangach, golland Rossiyaning «Alaniya» jamoasiga yo‘l oldi. Keyin dunyo bo‘ylab sayohat boshlanib ketdi. Angliya, Turkiya, BAA klublarida to‘p surdi. Keyin, butsalarini mixga ilganini e’lon qildi va o‘zini san’atga urdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Rotterdamning «Sparta»si bilan yana futbolga qaytdi. Yaqindagina Ispaniyaning 4-divizioni vakilli «Mursiya» bilan shartnoma imzoladi. Leo Messi bilan tengdosh Drentening futbol olamidagi sarguzashtlari ko‘pchilikni hayron qoldiradi.

odщnelщolenщol

Nega futbolga qaytdi?!

Men shunchaki futbolni sevaman. Aynan shu sport turi meni baxtli qiladi. Agar ichimda olov bo‘lmaganida, uyimdan bir necha ming kilometr uzoqlikka yo‘l olmagan bo‘lar edim. «Real» va APL dan so‘ng, men singari 4-divizionda to‘p surishni ko‘pchilik o‘ziga ravo ko‘rmaydi.

eklrщokerщker

Drente qanday qilib bu ahvolga tushib qoldi?!

Har doim futbolga e’tibor qaratganman, ammo iqtidorimni rivojlantirish bobida tajriba etishmadi. Hozir buni ayta olaman. O‘zimni o‘zim ajoyib kareradan mahrum qildim. Afsuski, besabrlik qildim. Boz ustiga, meni atrofimni o‘rab turgan insonlar kerakli so‘zlarni ayta olmadi. Tengqurlarimdan ayrimlari maslahat bilan ish ko‘rgani uchun yakunda futbolda o‘z o‘rnini topdi. Menda esa, kerakli ko‘rsatmalarni beruvchi insonning yo‘qligi sezilib qoldi. Agar atrofimda men uchun qayg‘uradigan shaxslar bo‘lganida, hozir La Liga vakili sharafini himoya qilayotgan bo‘lar edim.

Qanday voqea uning faoliyatida katta rol ijro etgan?!

Rotterdam juda ham bag‘ritosh shahar. Bu erni do‘stlik yoki sevgi shahri, deb bo‘lmaydi. Bolaligim juda og‘ir o‘tgan. Ayniqsa, shaharimiz qonun-qoidalariga bo‘ysunmaslik ayanchli oqibatlarga olib kelar edi. Otamni 3 yoshligimda otib tashlashgan. O‘zim esa, Demolition Crew uyushgan jinoiy guruhida o‘sganman. Aynan shu omil menga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ulg‘ayganim sari ichimdagi qo‘rquvni engib o‘tishim osonlashgan. Afsuski, bu omil yakunda zararga ishladi.

lщukpщlukщlpuk

Qaysi murabbiy Drenteni asabiga tekkan?!

Devid Moyes bilan hech qachon yaxshi aloqada bo‘lmaganman. Qanchalar harakat qilsam ham, u meni payqamagan. Doimo, o‘zini olib qochar edi. Oxiri chiday olmadim. Uni hammani oldida baland ovozda so‘kdim. Oradan yillar o‘tgach, Devid mening iqtidorimni saqlab qolmoqchi ekanligini angladim. U kuchli murabbiy edi. Buni juda kech ilg‘adim. «Real» abadiy yuragimda qoladi, biroq «Everton»da o‘tgan kunlarimni hech qachon unutmayman. Futbol atmosferasi va chempionatning darajasi haqida soatlab so‘zlashim mumkin. Shartnomam so‘nggida, menga klubda kichikroq maosh evaziga qolishni taklif qilishgan edi. Buni rad etganman. Hozirgi hayotiy tajribamdan kelib chiqsam, bu faoliyatimdagi eng qo‘pol xato bo‘lgan ekan.

orkshuorshukoshroukshoruk

Nimadan afsuslanadi?

Juda ko‘p narsalarga afsus chekaman. Ayniqsa, hech qachon atrofimda to‘g‘ri maslahat beruvchi insonlar bo‘lmaganidan.Menda hamma narsa bor edi. Super klub bilan uzoq yillik shartnoma, kelajakdagi katta orzular, behisob pullar…

Qaysarligim sababli barchasini taqdirga boy berib qo‘ydim. Mashg‘ulotlarda hech qachon bor kuchim bilan ishlamadim. Imkon bo‘lishi bilan eski do‘stlarimning oldiga yo‘l oldim. Ichkilikka berilib ketdim. Ishlab topgan millionlarimni ular bilan bo‘lmag‘ur narsalarga sarfladim. Oqibatda, endi Ispaniyaning eng chekkasidagi kichik klubda faoliyatimni davom ettiryapman. Agar hammasi ortga qaytganida, barchasiga jiddiy yondashgan bo‘lar edim. Yoshim katta bo‘lgani sari, qilgan ishlarimda uyalishni boshlayapman. Men bir paytlar er sharidagi eng iqtidorli futbolchi edim. Hozir meni hech kim eslamaydi. Buni his etib yashash juda og‘ir. Pushaymon har qanday kuchli shaxsni ham tushkunlikka solib qo‘yadi. O‘z jonimga qasd qilish haqida bir necha bor o‘yladim, ammo oilam bunga to‘sqinlik qildi. Hozirda ularning qo‘llab-quvvatlashi bilan yana futbolga qaytdim. O‘yinlardan so‘ng, avvalgi energiyam yo‘q ekanini sezaman. Ba’zan, kiyinish xonasida o‘tirib yig‘layman. Qo‘ldan chiqarilgan imkoniyatlarim o‘zimni koyiman.

Hozir ahvolim ancha yaxshi. Sekin-asta o‘zimni baxtli his qilishni boshladim. Futbolga qaytganim bilan, avvalgi Drente bo‘la olmayman, biroq ruhiy bosimni engib o‘tmoqchiman. Umid qilamanki, qiyinchiliklar ortda qoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!