“Real” “Liverpul”ning superfutbolchisiga taklif tayyorladi
“Real” rahbariyati “Liverpul” futbolchisi Sadio Maneni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.
Iste’dodli yarim himoyachining transfer summasi 100 million funtga baholanmoqda. “Qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres bu mablag‘ni to‘lashni istamayapti. U kelishuvga Marko Asensioni qo‘shish orqali narxni pasaytirmoqchi.
Mane Klopp jamoasida Muhammad Saloh va Roberto Firmino bilan birga hujum uchligini tashkil qiladi va liverpulliklarning chempionligiga munosib hissa qo‘shdi.

Fikrlar