Agent Xolandning "Real"ga o‘tishi mumkinligiga sha’ma qildi
"Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xolandning agenti Mino Rayola mijozining "Real" etakchisiga aylana olishiga ishonmoqda.
"Xoland "Real" safida Krishtianu Ronaldu singari bir mavsum mobaynida 40-50 ta gol urishni uddalay oladi. Bir necha yillardan so‘ng u yanada kuchli futbolchiga aylanadi", - deya aytib o‘tdi Rayola.
Joriy mavsumda norvegiyalik futbolchi dortmundliklar safida 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol kiritdi.

Fikrlar