Rodrigo: "Agar menga 20 daqiqa berilsa, shu vaqt davomida barcha kuchimni sarflayman"

  • 08.10.2025 16:15
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real Madrid" hujumchisi Rodrigo Xabi Alonso bilan bo‘lgan ilk suhbat va unga taqdim etilayotgan o‘yin amaliyoti haqida gapirdi.

"Alonso  kelganda meni suhbatga chaqirdi va shunday dedi: “Men bilaman, sen chap qanotda o‘ynashni yoqtirasan, lekin boshqa pozitsiyalarda ham senga ehtiyojim bo‘ladi”.

Men esa unga shunday javob berdim: “Qaerda o‘ynashimni xohlasang, muammo yo‘q, men jamoaga yordam berish uchun shu yordamdaman. Murabbiyning qarorlariga hurmat bilan yondashishimiz kerak”.

"Agar asosiy tarkibda o‘ynasangiz, 100% kuchingizni berishingiz kerak, agar zaxiradan tushsangiz ham xuddi shunday. Agar menga 20 daqiqa berilsa, shu vaqt davomida barcha kuchimni sarflayman. Bu nafaqat mening obro‘yimga, balki jamoaga ham foyda keltiradi. Bu jamoa libosida har bir daqiqadan maksimal darajada foydalanishga harakat qilaman", — dedi futbolchi AS gazetasiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, braziliyalik futbolchi joriy mavsumda "qaymoqranglilar" safida barcha turnirlarda jami 212 daqiqa o‘ynab, bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!