Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Rojer Federer yana g‘olib bo‘ldi

Zohir2018
Izohlar: 1

Bazelda 10 karra chempionga aylandi

Shveytsariyalik tennischi Rojer Federer Bazel shahridagi turnirning hal qiluvchi finalida avstraliyalik Aleks De Minaurga qarshi kortga chiqdi.

Musobaqaning so‘nggi uchrashuvida Federer raqibini har ikkala setda bir xil 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va turnir g‘olibiga aylandi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng Federer o‘z hisobiga 103-sovrin va Bazel musobaqasining 10-sovrinini qo‘shib qo‘ydi. Shuningdek u tashkilotchilar tomonidan 430,125 evro pul mukofoti va 500 reyting ochkosi bilan taqdirlandi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q