Ronaldu va Messining o‘rnini kimlar egallamoqda?

  • 17 yanvar, 2021, 08:30
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Transfermarkt sayti futbolchilarning yangilangan transfer narxini e’lon qildi. O‘zgarishlar etarlicha topiladi. Shunday ekan, bugun ushbu o‘zgarishlarning bir nechtasi bilan yaqindan tanishtirib o‘tamiz.

Transfer narxida keskin ko‘tarilish kuzatilgan futbolchilar ("Top-10")

 

1-2. Erling Xoland («Borussiya D»; Norvegiya; 20 yosh) = +55 mln evro

 

1-2. Alfonso Devis («Bavariya»; Kanada; 20 yosh) = +55 mln evro

 

  1. Pedri («Barselona»; Ispaniya; 18 yosh) = +42 mln evro

 

  1. Ansu Fati («Barselona»; Ispaniya; 18 yosh) = +40 mln evro

 

  1. Pau Torres («Vilyarreal»; Ispaniya; 23 yosh) = +35 mln evro

 

6-10. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted»; Portugaliya; 26 yosh) = +5 mln evro

 

6-10. Fil Foden («Manchester Siti»; Angliya; 20 yosh) = +5 mln evro

 

6-10. Markos Lorente («Atletiko»; Ispaniya; 25 yosh) = +30 mln evro

 

6-10. Meyson Grinvud («Manchester Yunayted»; Angliya; 19 yosh) = +30 mln evro

 

6-10. Djovanni Reyna («Borussiya D»; SShA; 18 yosh) = +30 mln evro

- Transfermarkt Bundesligani «yondirayotgan» ikki futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholadi. Erling Xoland va Alfonso Devis bu borada mutlaq etakchi. Erling 2020 yilda barcha musobaqalarda 40 ta gol kiritdi. Terma jamoa va klubning chinakam etakchisiga aylandi. U singari «Bavariya» qanot himoyachisi Alfonso Devis ham 2020 yilni ajoyib o‘tkazdi. U Evropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi. «Bavariya» bilan, milliy chempionatda tengsiz bo‘ldi.

- Kuchli o‘nlikda «Manchester Yunayted», «Borussiya» Dortmund, «Barselona», «Bavariya», «Manchester Siti», «Vilyarreal» klubining vakillari mavjud. E’tiborlisi shundaki, ushbu ro‘yxatdagi futbolchilar orasida ikkitasi okeanortidagi terma jamaosi vakillari.

- Ro‘yxatdagi 10 ta futbolchining 4 tasi ispaniyaliklar. Fati, Pedri, Pau, Torres va Lorente. Ingliz futbolchilardan Fil Foden va Meysen Grinvud ham bu ro‘yxatdan o‘rin egalagani tahsinga sazovor.

- Bundan bir yil ilgari, Reyna Transfermarktning reytingida yo‘q edi. Qahramonimiz bir yil ichida 30 million evroga qadar transfer summasini oshirib olishga muvaffaq bo‘ldi. Reyna o‘zining «Borussiya» Dortmund safidagi ilk uchrashuvini 18 yanvar sanasida o‘tkazgan edi.

- Kuchli o‘nlikdan o‘rin egallagan futbolchilarning 7 tasi 18-20 yoshdagi yigitlar. Ular orasida 23 yoshli Pau Torres, 25 yoshli Markos Lorente va 26 yoshli Brunu Fernandesh ham mavjud.

- O‘z transfer summasini 2020 yilda 55 million evroga oshirib olgan Xoland «100 millionlik futbolchilar» klubiga a’zo bo‘ldi. Endilikda, bu klub a’zolari soni 11 taga etdi. Xo‘sh, ushbu 11 nafar futbolchi kim?

Transfermarkt tomonidan eng qimmat futbolchi, deb e’lon qilinganlar («Top-11»)

  1. Kilian Mbappe (PSJ; Frantsiya; 22 yosh) = 180 mln evro
  1. Neymar (PSJ; Braziliya; 28 yosh) = 128 mln evro

3-6. Sadio Mane («Liverpul»; Senegal; 28 yosh) = 120 mln evro

3-6. Moxamed Salax («Liverpul»; Egipet; 28 yosh) = 120 mln evro

3-6. Kevin De Bryuyne («Manchester Siti»; Belgiya; 29 yosh) = 120 mln evro

3-6. Xarri Keyn («Tottenxem»; Angliya; 27 yosh) = 120 mln evro

7-8. Trent-Aleksander Arnold («Liverpul»; Angliya; 22 yosh) = 110 mln evro

7-8. Raxim Sterling («Manchester Siti»; Angliya; 26 yosh) = 110 mln evro

9-11. Joau Felish («Atletiko»; Portugaliya; 21 yosh) = 100 mln evro

9-11. Djeydon Sancho («Borussiya D»; Angliya; 20 yosh) = 100 mln evro

9-11. Erling Xoland («Borussiya D»; Norvegiya; 20 yosh) = 100 mln evro

- Bugungi kundagi eng qimmat (Transfermarkt nashri talqinga ko‘ra) futbolchilarning ikkitasi PSJ jamoasi futbolchilari sanaladi. Neymarning transfer summasi tez orada kamayishi mumkin, biroq Mbappe hali beri birinchi o‘rinni hech kimga bermoqchi emas.

- Ushbu ro‘yxatdagi futbolchilarning 6 tasi Angliya Premer-ligasi vakillarida to‘p suradi. Ikkitasi Bundesligada o‘ynaydi. Ikkitasi esa, Liga 1 da javlon urayotgan futbolchilar.

- Uzoq vaqt davomida ro‘yxatda etakchilardan biri bo‘lgan Leo Messi va Krishtianu Ronaldu ro‘yxatda ancha pastlab ketdi. Leo (80 million evro) 24 o‘rinda turgan bo‘lsa, Ronaldu (60 million evro) 64 o‘ringa tushib ketdi.

- Sayyoramizning eng qimmat darvozaboni - «Atletiko Madrid» a’zosi Yan Oblak. Uni qo‘lga kiritishni istagan klublar transfermarkt portali ma’lumotlari asosida 90 million evrodan voz kechishi lozim.

- Angliya ayni damda 4 ta 100 million evrodan qimmatga baholanadigan futbolchisi bor terma jamoaga aylandi. Rahim Sterling, Jeydon Sancho, Xarri Keyn va Trend Aleksandr-Arnoldning umumiy transfer qiymati 450 million evroga teng!

Foizlari ulkan o‘sishga erishgan futbolchilar («Top-10»)

 

  1. Klaudio Reyna («Borussiya D»; SShA; 18 yosh) = 0 dan 30 mln evro

 

2-3. Martin Subimendi («Real Sosedad»; Ispaniya; 21 yosh) = +14900% ( 100 mingdan 15 mln evroga)

 

2-3. Evanilson («Portu»; Braziliya; 21 yosh) = +14900% ( 50 mingdan 7.5 mln evrogacha)

 

  1. Lukas Piton («Korintians»; Braziliya; 20 yosh) = +11900% ( 50 mingdan 6 mln evrogacha)

 

5-8. Moyses Kaysedo («Independente del Vale»; Ekvador; 19 yosh) = +9900% (50 mingdan 5 mln evrogacha)

 

5-8. Yan van Xeke («Xerenven»; Niderlandy; 20 yosh) = +9900% (25 mingdan 2.5 mln evrogacha)

 

5-8. Moxammed Diomande («Nordshelland»; Kot-dʼIvuar; 19 yosh) = +9900% (25 mingdan  2.5 mln evrogacha)

 

5-8. Antoni Musaba («Serkl Bryugge»; Niderlandiya; 20 yosh) = +9900% (25 mingdan 2.5 mln evrogacha)

 

  1. Terem Moffi («Loryan»; Nigeriya; 21 yosh) = +7900% (70 mingdan 6 mln evrogacha)

 

  1. Nianzu Kuassi («Bavariya»; Frantsiya; 18 yosh) = +7233% (150 mingdan 11 mln evrogacha)

Ushbu ro‘yxatdagi futbolchilar 12 oy ichida foizda fantastik darajada o‘sishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt sayti yosh va iqtidorli futbolchilarni muntazam kuzatib boradi. Shu bois, qisqa muddatda ularning transfer summasida ulakan o‘sish kuzatildi. Ular orasida, «Bavariya»,«Portu» va «Borussiya Dortmund» jamoalari a’zolari mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!