
"The Best" mukofoti uchun nomzod darvozabonlar uchtaligi ma’lum bo‘ldi
FIFA "The Best" sovrini uchun eng yaxshi uchta darvozabon nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, "Liverpul" va Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson, "Barselona" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen, "Manchester Siti" va Braziliya terma jamoasi posboni Ederson Moraes joy olishdi.
Alisson Chempionlar Ligasi va Amerika Kubogini qo‘lga kiritdi, Ter Shtegen Ispaniya chempioni bo‘ldi va Ederson Moraes Amerika Kubogi bilan APL chempionligini nishonladi.
Fikrlar