Timur Turlov FIDE prezidenti etib saylandi
Samarqandda o'tgan FIDE Kongresida tashkilot prezidentligiga saylov bo‘lib o‘tdi.
Unda qozoqistonlik tadbirkor Timur Turlov FIDE prezidenti sifatida saylandi. 38 yoshli Turlov FIDE tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi.
Turlov — qozoqistonlik tadbirkor, Freedom Holding Corp. asoschisi va rahbari. U 2023-yildan Qozog‘iston shaxmat federatsiyasiga ham rahbarlik qilib keladi. Uning kompaniyasi so‘nggi yillarda xalqaro shaxmat musobaqalarining yirik homiylaridan biri bo‘lgan.
U 2018-yildan buyon FIDEga rahbarlik qilgan Arkadiy Dvorkovich o‘rnini egalladi.

Fikrlar