
"UFC Fight Night" turnirida o‘zbekistonlik jangchi ham oktagonga ko‘tariladi. To‘liq juftliklar bilan tanishing!
22 avgust kuni AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahri "UFC Fight Night" turniriga mezbonlik qiladi. Mazkur jang kechasining asosiy to‘qnashuvi o‘rta vazn toifasining yulduzlari Kelvin Gastelum hamda divizion reytingida 3-pog‘onani egallab turgan Jared Kennonir o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, ushbu kechada o‘zbekistonlik jangchi ham oktagonga ko‘tariladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak, jahonning eng nufuzli promoushenidagi to‘rtinchi o‘zbekistonlik bo‘lib, shartnoma imzolagan Saidyoqub Qahramonov yarim engil vazn toifasida Trevin Jons bilan jang qiladi.
Hamyurtimiz faoliyatini okean ortida olib borga holda, bir qator promoushenlarda o‘z janglarini o‘tkazib kelgan. U PFL promoushenida Umar Nurmagomedov bilan ham o‘zaro jang olib borgan va ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. Keyinchalik bir qator muvaffaqiyatlarga erishganligi evaziga UFC bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldi.
Albatta, Qahramonovga ham ushbu jang oz muddat qolganda taklif qilindi. Ya’ni, holat Zarruh Adashev va Liliya Shakirovaniki kabi ko‘rinish oldi. Shunday bo‘lsa-da, biz yurtdoshimizning debyut jangi omadli chiqishiga ishonamiz va unga omad tilaymiz.
Shuningdek, ushbu turnirda yana bir qator qiziqarli o‘tishi kutilayotgan janglar o‘rin olgan. Quyida juftliklarni e’tiboringizga havola etamiz.
Ruzvelt Roberts (AQSh) - Ignasio Bagamondes (Chili),
Bi Maletski (Shvetsiya) - Jozian Nunes(Braziliya),
Uilyam Nayt (AQSh) - Fabio Chernat (AQSh),
Ramiz Braximadj (AQSh) - Sasha Palatnikov (Gonkong),
Brayan kellexer (AQSh) - Domingo Pilarte (AQSh),
Luis Saldana (AQSh) - Ostin Lingo (AQSh),
Aleksandro Pantoya (Braziliya) - Brendon Royvel (AQSh),
Trevin Jons (Guam) - Saidyoqub Qahramonov (O‘zbekiston),
Vins Pichel (AQSh) - Ostin Xabbard (AQSh),
Kley Guida (AQSh) - Mark Overgaard Medsen (Daniya),
Cheys Sherman (AQSh) - Parker Porter (AQSh),
Jared Kennonir (AQSh) - Kelvin Gastelum (AQSh).
Fikrlar