
Gvardiola Husanov borasida yakuniy qarorga keldi
Angliya Premer-ligasining to‘rtinchi turini Manchester derisi yakunlab beradi. 14 sentyabrga belgilangan uchrashuvda Xosep Gvardiola shogirdlari o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Manchester Yunayted” futbolchilarini qabul qiladi.
Ikki hafta davom etgan xalqaro tanaffus vaqtida “Manchester Siti”da jarohatlanganlar soni 13 taga etgani bois, ko‘pchilikni Xosep Gvardiola derbiga qaysi tarkibni tushirishi qiziqtirmoqda.
Sports.uz portali “Manchester Siti” faoliyatini yoritib kelayotgan nufuzli manba – cityxtra.co.uk saytining Xosep Gvardiola tanloviga oid tahliliy maqolasini o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga havola etadi.
- “Shaharliklar”ning printsipial raqib – “Manchester Yunayted”ga qarshi uchrashuvi mavsumning qanday o‘tishiga ta’sir qiladigan eng muhim o‘yinlardan biri hisoblanadi. Derbidan keyin “Siti” darrov Evropa Chempionlar ligasidagi yurishini boshlaydi.
18 sentyabrda “Napoli”ni qabul qiladigan “Manchester Siti” futbolchilari ikki kundan keyin Londonda “Arsenal” mehmoni bo‘ladi. Tig‘iz vaqtga qo‘yilgan uchrashuvlar seriyasini Angliya ligasi kubogi doirasida “Xaddersfild” maydonidagi o‘yin yakunlab beradi.
Xosep Gvariola xalqaro tanaffusdan keyin ham ayrim etakchi o‘yinchilarning ahvolidan xavotirda. Xususan, Jon Stounz va Umar Marmush davolanayotganlar ro‘yxatidan chiqarilgani yo‘q, - deb yozmoqda cityxtra.co.uk sayti eksperti Freddi Pay.
Ushbu manba “shaharliklar” Manchester derbisida qaysi o‘yinchilarga suyanishi mumkinligini quyidagicha tahlil qildi.
Darvozabon:
Janluiji Donnarummaning jamoaga qo‘shilishi darvozabonlar o‘rtasida raqobatni yanada kuchaytirishi aniq. Biroq Pep Gvardiola barqarorlikni tanlagan holda yana Jeyms Traffordga ishonch bildirishi ehtimoli katta.
Himoya:
Riko Lyuis yangi besh yillik shartnoma tuzganiga qaramay, o‘ng qanot himoyasi hamon eng nozik nuqta bo‘lib qolmoqda. Bu gal boshlang‘ich tarkibda Mateush Nunesh o‘ynashi kutilyapti.
Himoya markazida Abduqodir Husanov va Ruben Diash tandemini ko‘ramiz. 21 yoshli o‘zbek legioneri “Brayton” bilan uchrashuvda olgan jarohatidan to‘liq qutildi va maydonga tushishga tayyor.
Chap qanotni Yoshko Gvardiol yopadi. Uning o‘zi salomatligini tiklab oldi va shikastlangan Rayan Ayt-Nuri o‘rnini egallaydi. Bu Gvardiol uchun mavsumdagi birinchi o‘yin bo‘ladi.
Yarim himoya:
Tayanch yarim himoyachi o‘rnida “Oltin to‘p” sohibi Rodrining o‘ynashi kafolatlangan. O‘tgan mavsumning katta qismini jarohat tufayli maydondan tashqarida o‘tkazgan ispan futbolchisi endi to‘yib-to‘yib o‘ynamoqchi.
Rodridan yuqoriroqda tajriba va quvvatni uyg‘unlashtirgan Tijani Reynders va Bernarbu Silva tandemini harakat qiladi. Ular yarim himoya markazini nazoratga olishi talab etiladi.
Hujum:
Savio va Fil Fodenning oyoqqa turganiga qaramay, o‘ng qanotdan hujum uyushtirish mas’uliyati yana Oskar Bobbga topshirilishi mumkin.
Markaziy hujumda ham Erling Xolanddan boshqa variant yo‘q. Xoland Moldova darvozasiga beshta to‘p kiritib, gollarga chanqoq ekanini ko‘rsatdi.
Chap qanotda ko‘pchilik Jeremini Doku o‘ynashini kutyapti. Bu futbolchi ham xalqaro tanaffusda Belgiya terma jamoasi safidagi o‘yinlarda yaxshi sport formasida ekanini namoyish qildi.
Taxminiy boshlang‘ich tarkib:
Jeyms Trafford;
Mateush Nunesh, Abduqodir Husanov, Ruben Diash, Yoshko Gvardiol;
Rodri, Tijani Reynders, Bernardu Silva;
Oskar Bobb, Erling Xoland, Jeremi Doku.
Zaxiradagilar: Janluiji Donnarumma, Riko Lyuis, Jon Stounz, Natan Ake, Niko Gonsales, Niko O'Rayli, Mateo Kovachich, Savio, Fil Foden.
Rossiyada Fayzullaevni eslab qolishdi...
Husanov bormi? Gvardiola kimlar o‘ynamasligini aytdi
Kutib oling, Husanov keldi!
O‘zbekiston kutilmaganda jahon chempionati favoritlari ro‘yxatiga kiritildi, faqat...
EChL oldidan Husanov va 12 futbolchi “xavf” ostida!
Husanovni tanqid qilishdi: “O‘ylamay o‘ynayapti!”
Fikrlar