100 kmga yugurishda yangi jahon rekordi o‘rnatildi!
3 daqiqayu 39 soniyaga yaxshiroq natija qayd etildi.
Engil atletika olamida uzoq masofalarga yugurish bo‘yicha bir qator yo‘nalishlar bo‘lib, ularda jahon rekordlari yuritib boriladi. Litvada o‘tgan Nord Security Worldʻs Fastest Run musobaqasida 100 kmga yugurish dasturida yangi jahon rekordi qayd etildi.
Ushbu rekordga litvalik Aleksandr Sorokin mualliflik qildi. Sportchi masofani 6 soat, 5 daqiqayu 35 soniyada bosib o‘tdi. Bu avvalgi rekord sohibi yaponiyalik Nao Kazamining natijasidan (6:09:14) 3 daqiqayu 39 soniyaga yaxshiroq ko‘rsatkich bo‘ldi. Sorokin marafon masofasini (42 km, 195 m) bosib o‘tish uchun 2:32:30 vaqt sarflagan. Poyga Litva poytaxtida 19 daraja iliq havoda o‘tkazilgan.
Manba: MOQ


Izohlar (0)