
1001 - "So‘g‘diyona" uchun nimani anglatadi?
Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi 25-turda Qarshida “Nasaf” bilan muhim uchrashuvda ishtirok etdi va 0:0 hisobida durangga imzo chekdi. Aytish mumkinki, ushbu durang mehmonlar uchun g‘alabaga teng bo‘ldi.
E’tiborlisi, “So‘g‘diyona” klubi bunga qadar O‘zbekiston milliy chempionati tarixida umumiy to‘plagan ochkolari 1000 ta edi. “Nasaf” maydonidagi durangdan keyin esa “So‘g‘diyona”ning umumiy ochkolari soni 1001 ta etdi.
Jizzaxliklar O‘zbekiston milliy chempionati tarixida jami 821 ta o‘yin o‘tkazib, shundan 281 tasida g‘alaba, 158 ta durang va 382 bor mag‘lubiyatga uchradi. Raqiblar darvozasiga shu kungacha 1030 ta gol urgan o‘z darvozasidan 1299 ta to‘p olib chiqqan. Umumiy jadvalda esa 6-o‘rinda.
Joriy yilgi chempionatda esa jizzaxliklar hozirgacha 25 ta uchrashuvda 7 g‘alaba, 6 durang va 12 mag‘lubiyat qayd etib, to‘plar nisbati 29\36 va 10-o‘rinni band etib turibdi. Qarshidagi qimmatli durangdan keyin “So‘g‘diyona” pley-offdan qutulib qoldi.
Fikrlar