Asosiy mazmunga oʻtish

Shaxmat

11 yoshli Xusnitdinova Xusnorahon Oʻzbekiston shaxmati tarixini yangiladi!

Bilolbek Imomov
Izohlar: 0

Shaxmatchimiz tarixga kirdi!

Iqtidorlu shaxmatchi Xusnitdinova Xusnorahon o‘zining navbatdagi ulkan yutug‘ini qayd etdi. Faqat 11 yoshida u FIDE ayollar o‘rtasidagi sport ustasi (WFM) unvoniga ega bo‘ldi. Bu natija nafaqat Xusnorahon uchun, balki butun O‘zbekiston shaxmati uchun tarixiy ahamiyatga ega.

Xusnorahon bu yutuq bilan O‘zbekiston shaxmatida bu darajaga erishgan eng yosh shaxmatchilardan biri sifatida tarix sahifalariga kirdi. Bu uning kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yosh shaxmatchi bugungi kunda nafaqat milliy, balki xalqaro musobaqalarda ham o‘zini ko‘rsatib kelmoqda va kelgusi yillarda ko‘proq g‘alabalar va yangi unvonlarni qo‘lga kiritish imkoniyati bor. Xusnorahonning ulkan natijasi ko‘plab yosh sportchilar uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q