Ronaldу ta'ziya bildirdi
O‘lim unga ta’sir qildi
Besh karra «Oltin to‘p» sohibi Krishtianu Ronaldu ispaniyalik futbolchi, «Tenerife» yarim himoyachisi Xesus de Migel oilasiga ta’ziya izhor etdi.
«Fojia. So‘z yo‘q. Oilasiga kuch-quvvat tilayman. Osoyishta dam ol», — deb yozdi Ronaldu Instagram sahifasidagi storisida.
Xesus de Migel seshanba kuni shifoxonada 30 yoshida vafot etdi. U 2 noyabr kuni Santa-Krus-de-Tenerifeda bo‘lib o‘tgan Ispaniya ikkinchi divizioni uchrashuvida «Andorra» darvozaboni Xesus Ovono bilan to‘qnashib ketgan edi.
Uchrashuvning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan yettinchi daqiqasida, hisob 2:2 bo‘lib turgan paytda Ovono birga-bir vaziyatni to‘xtatish maqsadida darvozasini tashlab, markaziy doira tomon chiqdi va shiddat bilan de Migelga urilib ketdi.
Yiqilish chog‘ida hushini yo‘qotgan hujumchi maydondan nosilkada olib chiqildi va darhol kiyinish xonasiga, u yerdan esa tez yordam mashinasida shifoxonaga yetkazildi. Keyinchalik futbolchida yurak va nafas faoliyati to‘xtagani haqida xabar berildi.

Izohlar (0)