12 ta jamoa Evropa ligasini tark etdi. Ular orasida mashhur klublar bor!

  • 31.01.2025 08:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

UEFAning eng nufuzli xalqaro turnirlaridan biri – Evropa ligasining umumiy bosqichi yakunlandi.

36 ta ishtirokchining har biri musobaqaning bu raundida sakkiztadan uchrashuv o‘tkazdi. O‘yinlarning teng yarmi o‘z maydonida, qolganlari safarda tashkil etildi.

UEFAning yangi formatdagi xalqaro turnirlari – Chempionlar ligasi, Evropa ligasi va Konferentsiyalar ligasi umumiy bosqichida 36 tadan jamoa qainashyapti. Kuchli sakkizlikdan o‘rin olganlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri nimchorak finalga chiqadi.  9-24-o‘rin sohiblari pley-offning o‘tish uchrashuvlarida o‘zaro kuch sinashadi. Qolgan 12 jamoa musobaqani tark etadi.

Bu yil Evropa ligasini “Dinamo Kiev”, “Nitstsa”, “Qorabog‘”, “Ludogorets”, “Malmyo", “Slaviya Praga”, RFSh, “Makkabi Tel-Aviv”, “Beshiktosh”, “Xoffenxaym”, “Elfsborg” va “Braga” erta tark etishiga to‘g‘ri keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!