13 nafar futbolchini chetlatgan “Chelsi”ga qarshi kurash boshlandi

  • 28 avgust, 2024, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) Angliya Premer-ligasi va FIFAda o‘yinchilarni ommaviy tarzda asosiy jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatish siyosatini qo‘llayotgan klublarga qarshi jiddiy chora ko‘rish tashabbusini ilgari surmoqda.

Tecno

Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, PFA rahbariyati “Chelsi”da yuzaga kelgan vaziyatdan xavotirda. Bu masalada oxiriga nuqta Rahim Sterlingni mashg‘ulotlardan chetlatgani bo‘ldi.

Umuman olganda, “Chelsi” rahbariyati avvalroq kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilarni klubdan ketkazish uchun ularni mashg‘ulotlarga qo‘ymagan. Xususan, “arsitokratlar” tarbiyalagan Konor Gallaxer klubda qolmoqchi edi. Biroq turli darajadagi bosimlar ortida hujumkor futbolchi “Atletiko”ga o‘tib ketdi.

“Chelsi” bu yozning o‘zida 13 nafar futbolchini asosiy tarkib mashg‘ulotlaridan chetlatdi. Ularning aksariyati Evropa futbolida nomi chiqqan charm to‘p ustalaridir.

London klubi voz kechgan o‘yinchilar ro‘yxatiga Rahim Sterling, Ben Chiluell, Romelu Lukaku, Trevo Chaloba, Armando Broyya, Kepa Arrisabalaga, Devid Fofana, Anjelo, Lukas Bergstrom, Devid Vashington, Tino Andjorin, Aleks Matos va Xarvi Veyl kiritilgan.

Professional futbolchilar assotsiatsiyasi Angliya Premer-ligasi va FIFA bilan muzokaralar orqali bu amaliyotni bekor qilishga erishmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!