
15 aprelga qadar muxlislar Frantsiya chempionati uchrashuvlarini stadiondan ko‘ra olishmaydi
Frantsiya professional futbol ligasi mamlakatda tarqalgan koronavirus epidemiyasi sabab chempionat uchrashuvlarini muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qildi.
Endi 15 aprelga qadar Liga1 va Liga2 o‘yinlari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, bugun shuningdek Ispaniya hukumati ham La Liga o‘yinlarini muxlislarsiz o‘tkazilishini e’lon qilgan edi.
Fikrlar