
15 yoshli futbolchi milliy termadan taklif oldi
“Farul” klubida o‘ynayotgan Enes Sali Ruminiya milliy terma jamoasidan taklif oldi.
Iste’dodli futbolchi 2017-2019 yillar davomida “Barselona” tizimida tarbiyalangan. Shundan so‘ng u mamlakat tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri Georgi Xadji akademiyasiga o‘tdi.
201 yilning sentyabr oyida Enes Sali “Farul” jamoasi safiga qo‘shildi.
Ruminiya terma jamoasi 2022 yili Qatarda bo‘ladigan jahon chempionatiga chiqish uchun Evropa saralash turniri doirasida ikkita uchrashuv o‘tkazadi. Ruminlar 11 noyabr kuni Islandiya va 14 noyabrda Lixtenshteyn bilan kuch sinashadi.
Fikrlar