
170 ta o‘yinda 167 gol urgan hujumchi Evropaga otlandi
Braziliyada yangi to‘purar paydo bo‘ldi. “Palmeyras”ning 15 yoshli hujumchisi Felipe Endrike 20 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi musobaqalarda 170 uchrashuvda qatnashib, o‘z hisobiga 167 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Vunderkindning dovrug‘i Evropagacha etib keldi va grand klublar uni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 16 yoshga to‘lishini kutyapti.
Hozir bu o‘yinchini “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Real Madrid”, “PSJ” va “Bavariya” skautlari kuzatib bormoqda.
“Palmeyras” o‘z tarbiyalanuvchisi shu yilning yozida u 16 yoshgacha to‘lganidan keyin birinchi jamoaga qo‘shish imkoniga ega bo‘ladi. Braziliyalik yangi to‘purarni sotib yuborishga tayyor. Ular vunderkindni 83 million funtga baholamoqda.
Fikrlar