Sanches “Arsenal”dan ketsa, o‘rnini 20 yoshli braziliyalik futbolchi egallashi mumkin

“Monako” klubining hujumkor yarim himoyachisi Gabriel Boshilya Londonning “Arsenal” klubi qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda Talksport nashri xabar tarqatmoqda.

Agar, Aleksis Sanches “to‘pchilar”dan ketadigan bo‘lsa, u holda chililik futbolchining o‘rnini 20 yoshli Boshilya egallashi mumkin. Biroq, “Monako” iqtidorli futbolchisini sotmoqchi emas.

Ma’lumot uchun, Boshilya ushbu mavsum Frantsiya chempionatida 9ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!