Mourino Ueyn Runidan norozi
“Manchester Yunayted” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa hujumchisi Ueyn Runining kam gol urayotganidan norozi.
Bu mavsum Runi “MYu” safida barcha musobaqalarda atigi 3 ta golga mualliflik qilgan.
– Hujumkor jamoaning futbolchisi sifatida Runi ko‘proq gol urish kerak. Ha, u bir nechta gol kiritdi, ammo men uchun bu kam. Bu jamoaning boshqa o‘yinchilariga ham tegishli. Ibragimovichning o‘yinidan qoniqsa bo‘ladi. Chunki uning vazifasi boshqalarga qaraganda yanada ko‘proq gol urishdir, – deydi “MYu” ustozi.
Fikrlar