222 mlnga sotib olingan Neymar “Barselona”ni deb, PSJda debyut qila olmayapti
Ispaniyaning “Barselona” jamoasi hozirga qadar Neymarning PSJga o‘tgani haqida sertifikatni Frantsiya Futbol Federatsiyasi(FFF)ga taqdim etmadi.
Aynan shu sabab, braziliyalik futbolchining parijliklar safidagi debyuti sanasi kechikmoqda. “L’Equipe” nashrining yozishicha, kataloniyaliklar sertfikatni 18 avgustga qadar topshirishlari lozim.
Agarda, unday bo‘lmagan taqdirda, sertifikat avtomatik tarzda FFFga o‘tadi.
Ilgariroq, “Barselona” hisob raqamiga 222 mln evro kelib tushmaganiguniga qadar sertifikatni topshirmasligi haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar