Mesut O‘zil: Ronalduga teng keladigan futbolchi yo‘q
“Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida o‘zining iliq fikrlarini bildirib o‘tdi. Germaniyalik futbolchi “Real”da faoliyat olib borganda, portugaliyalik yulduz futbol tarixida eng yaxshi o‘yinchilardan biri bo‘lgan.
– Men hech qachon Krishtianu Ronalduga o‘xshash futbolchini ko‘rmaganman. U har doim mashg‘ulotlarga birinchi kelar va so‘nggi bo‘lib ketadigan professionaldir. Menga u bilan o‘ynash yoqar edi. Ronaldu futbolchi bo‘lib o‘sishimga yordam bergan, – deydi O‘zil.
– U tez-tez mening uzatmalarimdan gol urib turar edi. Agar men ikki marta to‘p oshirsam, ikkisini ham gol bilan yakunlar edi. Krishtianu Ronaldu – futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri.
Fikrlar