
4 yildan buyon ishsiz yurgan Blan "Barselona"ni boshqarishi mumkin
"Barselona" klubi Kike Setenning iste’fosiga tayyorlanmoqda.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar” rahbariyatida frantsiyalik Loran Blan nomzodi ham paydo bo‘lgan. Uning nomzodini esa kataloniyaliklar bilan iliq munosabatda bo‘lgan agent Jorje Mendesh taklif qilgan.
Bundan avvalroq, “Barsa”ni o‘rinbosarlar jamoasi bosh murabbiyi Xaver Garsiya Pimenta boshqarishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Blanga “Barselona” begona emas. U 1996-97 yillarda ushbu jamoada to‘p surgan. U 2016 yil PSJdan iste’foga chiqqanidan buyon ishsiz hisoblanadi.
Fikrlar