
40 yoshdan oshgan Pisarro Bundesligada gol urdi
Bremenning "Verder" klubi hujumchisi Klaudio Pisarro kecha Bundesliganing 9-turidan o‘rin olgan "Bayer"ga qarshi bahsda raqib darvozasini ishg‘ol etishga erishdi.
Shu tariqa perulik futbolchi Bundesliga tarixida 40 yoshdan oshgan holda gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi. U kecha naqd 40 yoshu 25 kunlik edi.
E’tiborli jihati, bu boradagi avvalgi rekord ham aynan “Verder” futbolchisi tomonidan o‘rnatilgan edi. Aniqrog‘i, 1985-1996 yillarda ushbu jamoa safida to‘p surgan Miroslav Votave ham 40 yoshdan oshganda Bundesligada raqib darvozasini ishg‘ol etgan.
Fikrlar