
40 yoshli Ibragimovich terma jamoadan chaqiruv oldi
“Milan” hujumchisi Zlatan Ibragimovich Shvetsiya terma jamoasiga chaqirildi.
“Rossonerilar”ning 40 yoshli hujumchisi JCh-2022 yo‘llanmasi uchun pley-off uchrashuvlarida terma jamoasiga yordam berishi mumkin.
Aytish kerakki, yarim finalda Shvetsiya 24 mart kuni o‘z maydonida Chexiyaga qarshi bahs olib boradi, agar finalga chiqsa, Polsha bilan to‘qnash keladi.
Eslatib o‘tamiz, Ibragimovich besh yillik tanaffusdan so‘ng o‘tgan yili yana terma jamoaga qaytgan edi.
Zlatan joriy mavsum A Seriyada 17 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 8 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar