Ingliz hakamlari qaysi jamoalarga muxlislik qilishadi?

Mazkur chempionat ayni damda jahonning eng kuchli chempionatlaridan sanaladi. Xo‘sh, APLda ishlovchi hakamlar aslida qaysi jamoalarga muxlislik qiladi? Buni mavsum oldidan hakamlar javob qaytargan so‘rovnomalar orqali aniqlash mumkin.

Martin Atkinson – Bredfordda tug‘ilgan, «Lids» klubiga muxlislik qiladi

Styuart Ettuel – Nunitonda tug‘ilgan, «Luton» klubiga muxlislik qiladi

Mark Klattenburg – Konsettda tug‘ilgan, «Nyukasl» klubiga muxlislik qiladi

Mayk Din –Uirralda tug‘ilgan, «Tranmer» klubiga muxlislik qiladi

Rojer Ist – Uiltshirda tug‘ilgan, hech qaysi jamoa muxlisi emas, lekin «Selisberi» jamoasiga qiziqadi

Kevin Frend – Bristolda tug‘ilgan, «Bristol Siti» va «Lids» klublariga muxlislik qiladi

Saymon Xuper – Uiltshirda tug‘ilgan, «Suindon» klubiga muxlislik qiladi

Mayk Jons – Chesterda tug‘ilgan, «Chester» klubiga muxlislik qiladi

Robert Medli – Ueykfildda tug‘ilgan, «Xaddersfild» klubiga muxlislik qiladi

Andre Marriner – Birmingemda tug‘ilgan, «Aston Villu» klubiga muxlislik qiladi

Li Meyson – Boltonda tug‘ilgan, «Bolton» klubiga muxlislik qiladi

Jonatan Moss – Sanderlendda tug‘ilgan, «Sanderlend» klubiga muxlislik qiladi

Maykl Oliver – Eshingtonda tug‘ilgan, «Nyukasl» klubiga muxlislik qiladi

Kreyg Pouson – Janubiy Yorkshirda tug‘ilgan, «Sheffild Yunayted» klubiga muxlislik qiladi

Nil Suorbrik – Prestoneda tug‘ilgan, «Preston» klubiga muxlislik qiladi

Entoni Teylor – Uitenshouda tug‘ilgan, «Oltrinxem» klubiga muxlislik qiladi

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!