48 yoshli Totti futbolga qaytishi haqida: Bu hazil emas!

  • 30 oktabr, 2024, 09:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Franchesko Totti faoliyatini qayta tiklanishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Tecno

“Bu hazil emas, men taklifni jiddiy qabul qildim. Ko‘ramiz, kelasi yil nima bo‘ladi", - deya Totti so‘zlarini keltiradi Sport Mediaset.

Avvalroq 48 yoshli Totti klublardan takliflar borligi haqida gapirgandi.

Eslatib o‘tamiz, Tottining so‘nggi ish joyi "Roma" klubi bo‘lgan. U 2017 yildan 2019 yilgacha Rim klubida direktor lavozimida faoliyat yuritgan. Franchesko "bo‘rilar" safida 1992/1993 yilgi mavsumdan 2017/2018 yilgi mavsumgacha o‘ynagan. Bu davrda italiyalik futbolchi jami 783 ta o‘yinda qatnashib, 307 ta gol va 209 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!