
48 yoshli Tottiga shartnoma taklif qilgan jamoa nomi ma’lum bo‘ldi
Italiya futbolida “Roma” afsonasi Franchesko Tottining futbolga qaytishi haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda. 48 yoshli futbolchining o‘zi A Seriyadan jiddiy takliflar borligini ta’kidlagan.
La Repubblica nashri Tottini futbolga qaytarmoqchi bo‘lgan klub nomini oshkor qildi. Manbaga ko‘ra, “Komo” jamoasi faoliyatini yakunlagan to‘purar bilan hamkorlik qilmoqda.
Bosh murabbiy Sesk Fabregas “Komo”ni yuqori divizionda olib qolish uchun tajribali o‘yinchilar xizmatidan foydalanmoqda. Ispaniyalik mutaxassis jamoaga Pepe Reyna, Serxi Roberto, Patrik Kutrone, Andrea Belotti singari mashhur futbolchilarni jalb qilgan.
Frantsesko Totti 1992-2018 yillar davomida “Roma” sharafini himoya qilgan. Rimliklar safida jami 783 ta uchrashuvda qatnashib, 307 ta gol va 209 ta assist qayd etgan.
Fikrlar