Professional bokschimiz Jahongir Qurbonov faoliyatini g‘alaba bilan boshladi
Ekaterinburgda tashkil etilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschi Jahongir Qurbonov debyut jangini o‘tkazdi.
Hamyurtimiz to‘rt raundlik jangda rossiyalik charm qo‘lqop ustasi Anis Abdullinga qarshi ringga chiqdi. Dastlabki uch raund o‘zbek bokschining ustunligida o‘tdi. Uchrashuvda juda ko‘p zarba o‘tkazib yuborgan Anis uchinchi raundni bazo‘r yakunlab oldi. Biroq, rossiyalik bokschi to‘rtinchi raundga chiqmadi.
Jahongir Qurbonov professional ringdagi faoliyatini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
Fikrlar