6 dekabr kuni UFC oktagonida katta "portlash" yuz beradi!
UFC rahbari Dana Uayt 6 dekabr kuni AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 323" turniri uchun bir necha super janglarni e’lon qildi.
Unga ko‘ra, "main event" bahsida o‘ta engil vaznda amaldagi chempion Merab Dvalishvili rossiyalik Pyotr Yanga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Bu to‘qnashuv gruziyalik uchun 2025 yildagi to‘rtinchi jang bo‘ladi.
Oqshomning "co-main event" bahsida esa super engil vazn chempioni Aleksandr Pantoja myanmalik Joshua Van bilan kurash olib boradi.
E’tiborlisi, "UFC 323" turnirida hamyurtimiz Bogdan Guskov ham ishtirok etib, polshalik Yan Blaxovichga qarshi jang qilishi belgilandi. Agar vakilimiz g‘alaba qozonsa, UFC ning yarim og‘ir vazn toifasi reytingida 4-o‘ringa chiqib olishi mumkin va keyingi bahs chempionlik kamari uchun o‘tkazilishi ham ehtimoldan holi emas.
Shuningdek, mazkur kechada UFC ning yana bir yulduzi Genri Sexudo amerikalik Peyton Telbott bilan kuch sinashadi.
Fikrlar