6 ta gol, 2 ta qizil kartochka va bitta avtogol bo‘lgan o‘yinda "Milan" g‘alaba qozondi

  • 24.10.2021 01:49
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

A Seriya 9-turidan o‘rin olgan "Bolonya" - "Milan" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda Pioli shogirdlari 4:2 hisobida raqibdan ustun keldi.

Milanliklar safida gollarga Leao, Kalabriya, Bennaser va Ibragimovich mualliflik qildi. Mezbonlardan Musa Barrou raqib darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, bitta golda Ibragimovich "Bolonya"ga qarashib yubordi. 

Mazkur natijadan so‘ng "rossonerilar" hisobidagi ochkolar soni 25 taga etdi va ular A Seriya turnir jadvalida 1-o‘ringa ko‘tarilib oldi. "Bolonya"da hozircha 12 ochko bor va ular 9-pog‘onaga joylashgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!