6 ta gol urilgan o‘yinda "Inter" "Torino"dan ustun keldi. Lukakudan dubl (video)
Italiya A Seriyasining 8-turida “Inter” o‘z maydonida “Torino”ni qabul qildi.
Milandagi bellashuv gollar shousiga aylanib ketdi. 6 ta gol urilgan o‘yin 4:2 hisobida “neradzurrilar”ning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Mezbonlar safida gollarni Aleksis Sanches (64'), Romelu Lukaku (67', 84') va Lautaro Martines (90') kiritdi. Mehmonlarning ikki goliga Simone Zaza (45') va Kristian Ansaldi (62') mualliflik qildi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar