7 ta gol kiritilgan o‘yinda vakillarimiz Evropaning yana bir terma jamoasi ustidan g‘alaba qozondi

  • 15 may, 2022, 16:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston U-15  terma jamoasi Xorvatiyadagi "Vlatko Markovich" xalqaro turnirida navbatdagi uchrashuvini Bolgariyaga qarshi o‘tkazdi.

Tecno

Zayniddin Tojiev shogirdlari gollarga boy kechgan o‘yinda 4:3 hisobida g‘alaba qozondi. Vakillarimiz safida gollarni Muslimbek Habibullaev, Og‘abek Eshmamatov hamda Quvonchbek Abraev (dubl) kiritgan bo‘lsa, raqib jamoaning gollariga Aleksandr Zamov, Mihail Palendkov va Denis Givedjov mualliflik qildi.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz bundan avvalgi o‘yindarda mezbon Xorvatiyaga 3:0, Irlandiyaga 6:0 hisobida imkoniyatni boy bergan va Chernogoriyani 1:0 hisobida taslim etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!