
7 ta Olimpiadada qatnashgan mutaxassis fikri: Parij eng yomoni bo‘ldi
Ispaniyalik mutaxassis Serxio Lopes Parij mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarini sportchi va murabbiy sifatida qatnashgan ettita Olimpiada bilan solishtirdi.
“Men o‘zim bevosita qatnashgan ettita yozgi Olimpiya o‘yinlari ichida bu eng yomoni. Avstraliyalik murabbiy ham xuddi shunday fikrda. Bu eng yomon musobaqa va bu ko‘pchilikning fikri. Shikoyatdan foyda yo‘q, sharoitlar hamma uchun bir xil. Bunday o‘yinlarga mezbonlik qilishi bilan maqtanadigan davlat uchun bu uyat. Osiyo mamlakatlari va rivojlanmagan mamlakatlar bunday katta turnirlarni tashkil etishda ko‘proq yutuqlarga erishgan. Bu mening fikrim”, - dedi ispaniyalik mutaxassis Relevo nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 55 yoshli Lopez 1988 yilda Seulda (Janubiy Koreya) bo‘lib o‘tgan Olimpiadaning 200 m masofaga brass usulida suzish bo‘yicha bronza medali sovrindori hisoblanadi.
Fikrlar