8 futbolchi bilan xayrlashgan superklub yana 12 tasini haydayapti

  • 3 iyul, 09:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni sakkizinchi o‘rinda yakunlab, Evropa kuboklar yo‘llanmasidan quruq qolgan “Milan” tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qiladigan bo‘ldi.

Tecno

Taniqli insayder Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, yangi bosh murabbiy Massimiliano Allegri yangi mavsumda o‘zi foydalanmaydigan o‘yinchilar ro‘yxatini shakllantirdi.

Manbaga ko‘ra, bu ro‘yxatga 12 nafar futbolchining nomi kiritilgan. Bosh murabbiy qaroriga ko‘ra, klub yozgi transferlar Devis Vaskes, Emerson Royal, Malik Tshau, Teo Ernandes, Filippo Terrachchano, Yunus Musa, Ismoil Bennaser, Yasin Adli, Samuel Chukveze, Marko Lazetich, Noa Okafor va Lorentso Kolombo bilan xayrlashishi kerak.

Bundan avval, himoyachilardan Davide Kalabriya va Alessandro Florentsi, hujumchi Luka Yovich shartnomasi tugagani bois  “Milan”ni tark etgandi. Jamoa etakchisi Tijani Reynders esa 55 million evro evaziga “Manchester Siti”ga transfer qilindi.

O‘tgan mavsum turli klublardan ijaraga olingan Rikkardo Sottil, Kayl Uoker, Temmi Abraxam va Joau Feliks ham o‘z jamoalariga qaytib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!