AIBA boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatiga kvotalarni taqsimladi

  • 15.03.2018 19:47
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning 19-28aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida o‘smirlar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqa 22-31 avgust kunlari yoshlar o‘rtasida o‘tadigan jahon chempionati va 6-18 oktyabr kunlari Buenos-Ayres (Argentina)da bo‘ladigan o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlariga saralash vazifasini o‘tab beradi.

Eng yaxshi 4 o‘smir qiz bokschilar (51 kg, 57 kg, 60 kg va 75 kg vazn toifasida) va 9 nafar o‘smir (52 kg, 56 kg, 60 kg, 64 kg, 69 kg, 75 kg, 81 kg, 91 kg va + 91 kg.da) Osiyo boks konfederatsiyasi oktyabr oyida Argentinada tashkil qilinadigan Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Har bir milliy (boks) federatsiyadan eng ko‘pi bilan 2 nafar ayol va 3 nafar erkak bokschi bu yili bo‘lib o‘tadigan Yoshlar o‘rtasidagi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oladi.

Bundan tashqari, 52 qiz va 65 o‘g‘il bolalar boks bo‘yicha AIBAning yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. Ushbu dunyo birinchiligiga 2000 yil1 yanvar  va 2001 yil 31 dekabrda tug‘ilgan yoshlar aprel hamda may oylarida o‘tadigan saralash turnirlaridan so‘ng yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi.

Musobaqada jami 244 nafar o‘g‘il bolalar jahon chempionligi uchun ringga ko‘tarilishadi. Shulardan 233 nafari saralash bosqichida ishtirok etadi. Unga ko‘ra, Afrikaga - 38, Amerikaga - 50, Osiyoga - 65, Evropaga - 70, Okeaniyaga – 10 ta o‘rin ajratilgan. Yana 6 kvota mezbon davlat uchun ajratilsa, 5 o‘rin universal hisoblanadi.

O‘smir qizlar esa bellashuvlarida 174 nafar bokschi qatnashadi. Afrikadan - 18, Amerikadan - 32, Osiyodan - 52, Evropadan - 52, Okeaniyadan – 10 bokschi ishtirok etsa, qolgan 5 tasi mezbon davlatga beriladi va 5 o‘rin universal hisoblanadi.

AIBAning Osiyo mintaqasi uchun 2018 yilgi boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionatiga ajratgan kvotasi.

Ayollar 48 kg: 4 nafar bokschi saralab olinadi
Ayollar 51 kg: 8 bokschi
Ayollar 54 kg: 4 bokschi
Ayollar 57 kg: 8 bokschi
Ayollar 60 kg: 8 bokschi
Ayollar 64 kg: 4 bokschi
Ayollar 69 kg: 4 bokschi
Ayollar 75 kg: 8 bokschi
Ayollar 81 kg: 2 bokschi
Ayollar + 81 kg: 2 bokschi

Erkaklar 49 kg: 7 bokschi
Erkaklar 52 kg: 7 bokschi
Erkaklar 56 kg: 7 bokschi
Erkaklar 60 kg: 8 bokschi
Erkaklar 64 kg: 8 bokschi
Erkaklar 69 kg: 8 bokschi
Erkaklar 75 kg: 7 bokschi
Erkaklar 81 kg: 7 bokschi
Erkaklar 91 kg: 3 bokschi
Erkaklar + 91 kg: 3 bokschi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!