APL klublari transferlar uchun 1,4 mlrd funt ishlatishdi

  • 01.09.2017 16:22
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-Ligasi klublari transfer oynasining so‘nggi kuni 210 mln funt sarf etishdi.

Bu o‘tgan yilgi natijadan 55 mlnga ko‘p bo‘ldi va rekord natija sifatida qayd etildi.

Jumladan, kecha “Liverpul” 35 mln funt evaziga “Arsenal”dan Aleks Oksleyd-Chemberlenni xarid qildi. “Chelsi” ham shunday summa evaziga “Lester”dan Deniel Drinkuoterni  sotib oldi.

Bundan tashqari APL klublari yana bir rekor qayd etishdi. Gap shundaki, ushbu ligada ishtirok etuvchi 20 ta klub yozgi transfer bozorida 1,4 mlrd funt sarf etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!