
AQSh terma jamoasi Oltin kubokni qo‘lga kiritdi
Bundan biroz avvalroq Kaliforniya shtatining Santa-Klara shahridagi "Levays" stadionida Shimoliy Amerika (KONKAKAF) Oltin kubogi musobaqasining final uchrashuvi o‘z yakuniga etdi.
Hal qiluvchi bahsda maydon egalari hisoblangan AQSh terma jamoasi Yamaykaga qarshi kurash olib bordi. Yakunda esa tajriba baribir o‘z so‘zini aytdi. AQShlik futbolchilar raqibini 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritishdi.
Santa-Klara, «Levays» stadioni.
AQSh - Yamayka - 2:1 (1:0)
Gollar: Altidor 45, Morris 88 — Uotson 50
AQSh: Xovard, O. Gonsales, Bezler, Vilyafana, Perri-Akosta (Dempsi 55), Bredli, Zusi, Nagbe (Makkarti 90+2), Arriola (Zarde 76), Altidor, Morris.
Bosh murabbiy: Bryus Arena.
Yamayka: Bleyk (Miller 23), Teylor, Uotson, Richi (Lambert 87), Fisher, Lourens, Pauell, Lou, Uilyams, Mettoks (Byork 90), Gordon.
Bosh murabbiy: Teodor Uitmor.
Ogohlantirishlar: Mettoks 32, Perri-Akosta 37, Richi 57, Zusi 76, Xovard 90+2
Fikrlar