AQSh terma jamoasi "Real"da muvaffaqiyatsizlikka uchragan Lopetegini ishga taklif qilmoqchi

  • 21 noyabr, 2018, 13:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yaqindagina "Real"dan iste’foga chiqarilgan Xulen Lopetegi AQSh terma jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra okean orti terma jamoasi 52 yoshli ispaniyalik mutaxassis bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Qayd etish lozimki, Lopetegi terma jamoada ishlash bo‘yicha katta tajribaga ega. U Ispaniya terma jamoasi bilan JCh-2018 saralashidan muvaffaqiyatli o‘tgan edi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh terma jamoasi JCh-2018 final bosqichiga chiqa olmagani sabab bosh murabbiy Bryus Arenani iste’foga chiqargan edi. Shundan buyon ushbu vazifani Deyv Sarachan vaqtincha bajarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!